Maxsus imkoniyatlar

Yuqori kontrast
Oq-qora rejim
Katta kursor
Havolalarni chizish
Fokusni belgilash
Shrift o'lchami

Akademiya haqida

Xalqaro Turizm Akademiyasi Samarqand kampusi haqida ma'lumot

04.04.2026
90 ko'rish
Menyuda
Akademiya haqida

Xalqaro Turizm Akademiyasi — Samarqand kampusi

Xalqaro Turizm Akademiyasi Samarqand kampusi O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish, xalqaro standartlarga mos kadrlar tayyorlash va soha mutaxassislarining malakasini oshirish maqsadida tashkil etilgan davlat ta'lim muassasasidir.

Akademiyaning tashkil etilishining huquqiy asoslari

Xalqaro Turizm Akademiyasi Samarqand kampusi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Butunjahon turizm tashkiloti shafeligida Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi PQ–350-son qarori asosida tashkil etilgan.

Akademiyaning huquqiy maqomi

  • Akademiya davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi.
  • Akademiyaning muassisi — O'zbekiston Respublikasi Turizm qo'mitasi huzuridagi "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti.

Missiya va qadriyatlar

Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusining missiyasi — turizm va mehmondo'stlik industriyasini rivojlantirishga xizmat qiladigan, xalqaro standartlarga mos, amaliy bilim va ko'nikmalarga ega malakali mutaxassislar avlodini shakllantirishdir.

Akademiya ta'lim jarayonida UN Tourism (sobiq UNWTO) tavsiyalari, ilg'or xalqaro tajriba hamda real biznes amaliyotini uyg'unlashtirgan holda, turizm sohasida ishlayotgan va faoliyatini yangi bosqichga olib chiqmoqchi bo'lgan mutaxassislar uchun qayta tayyorlash va malaka oshirishning zamonaviy modelini joriy etadi.

Bizning qadriyatlarimiz

Amaliy natija — har bir kurs real ish ko'nikmasini beradi
Sifat va standartlar — davlat va xalqaro talablar asosida ta'lim
Mas'uliyat — ish beruvchi va tinglovchi oldidagi javobgarlik
Hamkorlik — ta'lim va real sektor integratsiyasi
Rivojlanish — doimiy yangilanish va zamonaviy yondashuv
Bosh sahifaga qaytish
Havola nusxalandi!
Qo'llab-quvvatlash
Onlayn

Assalomu alaykum!

Turizm Akademiyasi qo'llab-quvvatlash xizmatiga xush kelibsiz. Savolingizni yozing.